Live
3
O'zbek

Gyuler Mbappega berilgan assistlar soni bo‘yicha Vinisiusga yetib oldi

Futbol
8 noyabr, 00:50
Keyingi o‘rinni Bellinghem band etgan.
Gyuler Mbappega berilgan assistlar soni bo‘yicha Vinisiusga yetib oldi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatining 12-turida «Valensiya»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Arda Gyuler va Kilian Mbappe samarali harakatlari bilan ajralib turdi.

Turkiyalik yarimhimoyachi 36-daqiqada gol urdi, 75-daqiqada esa Mbappening goliga assistentlik qildi. Fransiyalik hujumchi ushbu vaziyatdan foydalanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Madrid Xtra ma’lumotiga ko‘ra, Gyulerning Mbappega bergan golli uzatmalari soni 13 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Vinisius Juniorga tenglashib, 1-o‘rinni bo‘lishib turibdi. 3-o‘rinda 9 ta assist bilan Jud Bellinghem bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gyuler 2023-yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilmoqda. Mbappe jamoaga 2024-yilda kelib qo‘shilgan. Vinisius esa 2018-yildan beri Madrid klubida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar