«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Ispaniya chempionatida «Valensiya» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alaba haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Barcha futbolchilar o‘yinning murakkabligini tushunib, maydonga bor e’tiborini qaratgan holda chiqqani ajoyib.
Ertaga «Atletiko» va «Barselona» o‘zaro to‘qnashadi. Ulardan biri yoki ikkalasi ham ochko yo‘qotishi mumkinligi sabab bugun g‘alaba qozonish muhim edi.
Gol o‘tkazmaslik va yaxshi himoyalanish ham muhim. Bugun to‘pga egalik qilishda katta ustunlikka erishdik. Raqib deyarli vaziyat yaratmadi. Hisob 0:0 bo‘lganida Kurtua ajoyib seyv amalga oshirdi.
AEKka qarshi o‘yindan keyin kambek ajoyib hissiyot bag‘ishlashini, ammo bu ideal o‘yin o‘tkazmaganingni anglatishini aytgandim. Bugun esa o‘yinimiz ideal bo‘ldi», — dedi Mourinio.
Ma’lumot o‘rnida, bu g‘alabadan so‘ng «Real» ochkolari sonini 30 taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. «Valensiya» esa 9 ochko bilan 19-pog‘onada.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi