Madridning «Real» klubi darvozaboni Andrey Lunin Ukraina milliy jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlari uchun e’lon qilingan tarkibdan joy olmadi.
Ukraina milliy jamoasi bosh murabbiyi Andrea Maldera ushbu qaror sabablarini tushuntirdi.
«So‘nggi bir oy davomida u atigi bitta o‘yin o‘tkazdi. Bizda boshqa variantlar ham bor. Men qarorlarimda izchil bo‘lishni istadim.
Agar Lunin muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa, uni milliy jamoada ko‘rishdan xursand bo‘lamiz», — dedi Maldera Ukraina futbol assotsiatsiyasining YouTube kanalida.
Ma’lumot uchun, Lunin bu mavsumda «Real» safida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Bu esa uning milliy jamoaga chaqirilishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qayd etish lozim, Ukraina milliy jamoasi noyabr oyida Millatlar Ligasi guruh bosqichi doirasida Gruziya va Shimoliy Irlandiyaga qarshi ikkita uchrashuv o‘tkazadi.
Avvalroq «Real» Lunin bilan xayrlashmoqchi ekani ma’lum qilingandi.