Live
4
O'zbek

«MYU» qishda yangi hujumchi sotib olmoqchi

Futbol
7 noyabr, 01:25
Klub rahbariyati hozirda uch nafar futbolchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
«MYU» qishda yangi hujumchi sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» qishki transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manchesterliklar APLda o‘ynash tajribasiga ega hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Klub rahbariyati hozirda uch nafar futbolchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Ular «Lids» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin, «Kristal Pelas» vakili Jan-Filipp Mateta hamda Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubida to‘p tepayotgan Ayven Tounidir.

Touni bungacha APLda «Brentford» sharafini himoya qilgan va o‘zining sermahsul o‘yinlari bilan tanilgan.

«Manchester Yunayted» qishda tajribali hujumchini jalb qilish orqali jamoaning hujumdagi imkoniyatlarini oshirishni maqsad qilgan. Hozircha qaysi futbolchi asosiy nomzod ekani ma’lum emas.

Avvalroq «qizil iblislar»ning 16 yoshli futbolchisi yaqin vaqt ichida «Real»ga o‘tishi kutilayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar