«Barselona»ning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal mashg‘ulotlarda qo‘shimcha ishlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu haqda jurnalist Santi Oval xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik futbolchi jamoaviy mashg‘ulotlar yakunlanganidan keyin ham maydonda qolib, jarima zarbalarini ijro etish ustida ishlaydi. Shuningdek, u hujumlarni yakunlash va gol urish mahoratini oshirishga harakat qilmoqda.
Qayd etilishicha, Yamal ba’zan dam olish kunlarida ham mashg‘ulot o‘tkazish uchun klub bazasiga tashrif buyuradi.
Qizig‘i, Lionel Messi ham «Barselona»ning asosiy jamoasidagi faoliyatini boshlagan davrda standart vaziyatlar ustida qo‘shimcha shug‘ullangan.
Ma’lumot o‘rnida, bu mavsum Yamal barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta assist amalga oshirdi.
U hozirda kataloniyaliklar hujumidagi yetakchi futbolchilardan biriga aylangan. Avvalroq Yamal Chempionlar Ligasida Mbappening rekordini yangilagani ma’lum qilingandi.