Live
4
O'zbek

Superliga. «Dinamo» Zominda 10 kishi bo‘lib qolgan «So‘g‘diyona»dan ustun keldi

Futbol
6 noyabr, 10:18
    18
Abramov jamoasi ochkolari sonini 37 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarildi.
Superliga. «Dinamo» Zominda 10 kishi bo‘lib qolgan «So‘g‘diyona»dan ustun keldi
Фото: Динамо ПФК
06.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 1 : 3 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Superliga 27-turida «Dinamo» Zominda «So‘g‘diyona» bilan bellashdi. Unda samarqandliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. Bellashuvda dastlab mezbonlar 2-daqiqadayoq hisobni ochdi. Javohir Qahramonov ushbu vaziyatda gol muallifiga aylandi. Tanaffusga qadar dastlab mezbonlarda Nodir Soyibov maydondan chetlatildi. 33-daqiqada Amadu Dumbuya muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda esa Anvarjon Hojimirzayev va Rasul Yo‘ldoshev yakuniy gollarni urdi.

Bu g‘alabadan so‘ng Vadim Abramov jamoasi ochkolari sonini 37 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarildi. 30 ochkosi bor jizzaxliklar esa 11-pog‘onada.

Superliga. 27-tur
So‘g‘diyona – Dinamo 1:3
Gollar:
Javohir Qahramonov, 2 (1:0), Amadu Dumbuya, 33 (1:1), Anvarjon Hojimirzayev, 72 pen (1:2), Rasul Yo‘ldoshev, 79 (1:3)
So‘g‘diyona: 1.Shohrux Isoqov, 2.Zoir Jo‘raboev, 3.Islom Qobilov, 8.Jamshid Boltaboev (7.Petar Michin, 78), 10.Javohir Qahramonov (50.Shohruz Kamolov,61), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 15.Xondamir Mustafoqulov ( 49.Sardor Jamolov, 78), 19.Zabihillo O‘rinboev ( 6.Behruz Asqarov, 33), 22.Abduazizxon Abdurashidov (28.Samandarjon Mavlonqulov, 61), 32.Nodirjon Soyibov,
Dinamo: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mikhail Shtefan, 8.Aziz Amonov, 10.Anvar Hojimirzayev, 16.Amadu Dumbuya, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov, 24.Akbar Xudoyberdiyev (15.Rasul Yo‘ldoshev, 46), 30.Xaris Xaydarovich, 79.Edem Seytvaliyev.
Ogohlantirish: Xaris Xaydarovich 48, Amadu Dumbuya 58, Edem Nemanov 59.
Chetlatish: Nodirjon Soyibov 29.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar