Live
5
O'zbek

«Tottenhem» «Milan» yarim himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
6 noyabr, 11:24
«Yuventus» klubi ham Fofana uchun da’vogarlik qilmoqda.
«Tottenhem» «Milan» yarim himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi
Фото: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi «Milan» yarim himoyachisi Yussuf Fofanani transfer qilish bo‘yicha dastlabki aloqalarni o‘rnatdi.

Ficherio nashri ma’lumotiga ko‘ra, «taqachilar» 27 yoshli fransiyalik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Shuningdek, Turinning «Yuventus» klubi ham Fofana uchun da’vogarlik qilmoqda.

«Milan» kelasi yozgi transfer oynasida Fofanani sotish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Bunga futbolchining klub bilan shartnomasi 2028-yilda yakunlanishi hamda «Sevilya» uning transfer huquqini to‘liq sotib olish uchun yetarli moliyaviy imkoniyatga ega emasligi sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Yussuf faoliyati davomida «Strasburg», «Monako» va «Sevilya» jamoalarida o‘ynagan. Fransiya milliy jamoasidagi debyutini 2022-yilda o‘tkazgan. Shu kungacha u 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar