Turkiya chempionatining 11-turida «Başakşehir» safarda «Göztepe» bilan to‘qnash keldi. Unda istanbulliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 86-daqiqada zaxiraga olindi. Abbos Fayzullayev esa zaxirada qoldirildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Istanbul Başakşehir» ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Göztepe» esa 15 ochko bilan 10-pog‘onada.
Turkiya Superligasi. 11-tur
Göztepe — Başakşehir 1:2
Gollar: Juan 18 – Zelke 22, Visca 83
Başakşehir — Deniz, Ali, Emin, Karbownik, Ba, Kaluzinski (Ergun, 78), Kemen, Brnić (Visca, 66), Olsen, Zelke (Yildirim, 66), SHOMURODOV (Opoku, 86).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi