Turkiya chempionatining 10-turida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Samsunspor»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Eldor Shomurodov 10-daqiqada hisobni ochdi. Abbosbek Fayzullayev esa zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng, 90+1-daqiqada gol urdi.
Shuningdek, mezbonlar safida 25-daqiqada Andreas Skov Olsen, 41-daqiqada Bayram va 75-daqiqada Ba raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Istanbul Bashakshehir» 14 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Samsunspor» esa 4 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.
Turkiya chempionati. 10-tur
Istanbul Bashakshehir — Samsunspor 5:2
Gollar: Shomurodov 10, Skov Olsen 25, Bayram 41, Ba 75, Fayzullayev 90+1.
Istanbul Bashakshehir: Muhammed, Karbounik, Emin, Ba, Saba, Kaluzinski, Kamne, Brnich (Fayzullayev, 78), Olsen (Sari, 78), Shomurodov (Visca, 83), Selke (Yildirim, 67).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi