Live
9
O'zbek

La Liga. «Xetafe» «Sevilya» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Futbol
1 noyabr, 10:23
Mezbonlar tanaffusdan keyin uchta gol urib, raqibini mag‘lub etdi.
La Liga. «Xetafe» «Sevilya» ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Foto: Getty Images
01.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Xetafe Xetafe 3 : 1 Sevilya Sevilya

Ispaniya chempionatining 11-turida «Xetafe» o‘z maydonida «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Mehmonlar 19-daqiqada Kike Salasning goli evaziga hisobni ochdi va tanaffusga ustunlik bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar vaziyatni o‘zgartirdi. 68-daqiqada Enes Unal hisobni tenglashtirdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Martin Satriano «Xetafe»ni oldinga olib chiqdi. 90-daqiqada esa Orel Mangala yakuniy natijani o‘rnatdi.

La Liga. 11-tur
Xetafe — Sevilya 3:1
Gollar:
Unal 68, Satriano 73, Mangala 90 — Salas 19.
Ogohlantirishlar: Suaso 27, Bernal 27, Fofana 72, Kastrin 77, Agume 77, 87, Gudel 84.

Xetafe: Soria, Valu (Davinchi, 46), Karvaxal, Boselli, Djené, Serrano (Mangala, 46), Terrats (Femenia, 82), Gudel, Garsiya, Satriano, Unal (Monson, 82).
Sevilya: Vlaxodimos, Suaso (Dias, 87), Iglesiyas, Kastrin, Salas, Fofana (Vargas, 72), Korreyya (Yur, 72), Ejukе, Agume (Kochorashvili, 87), Stassin, Bernal (Bueno, 27).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • Sevilya Sevilya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar