«Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel «Chelsi»ga qarshi bahsdagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Lisandro Martinesni keskin tanqid qildi. Uning fikricha, argentinalik himoyachi jamoaning muvaffaqiyatsizligi uchun asosiy javobgar.
APLning 9-turidan o‘rin olgan bellashuvda Martines 50-daqiqada Morgan Rojersning goliga to‘sqinlik qila olmadi. 59-daqiqada Rojersga qarshi qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi, 63-daqiqada esa o‘z jarima maydonida Uesli Fofanaga qo‘li bilan zarba bergani sabab maydondan chetlatildi. Belgilangan penaltini Koul Palmer aniq amalga oshirdi.
«Ushbu mag‘lubiyat uchun barcha aybni Lisandro Martines zimmasiga yuklayman. Uning bu bahsdagi o‘yini mutlaqo sharmandalik.
Ikki hafta oldin u jamoadoshlari va klub haqida juda keskin fikrlar bildirgandi. Menda u «MYU»dan ketishni tashkil etishga urinayotgandek taassurot paydo bo‘ldi.
U «Manchester Yunayted» darajasidagi futbolchi emas. Bugun buni yana bir bor ko‘rsatdi», — dedi Shmeyxel.
Ma’lumot uchun, Martines «Chelsi»ga qarshi bahsning 63-daqiqasida qizil kartochka olib, jamoasini kamchilikda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin «Manchester Yunayted»ning barcha musobaqalardagi g‘alabasiz seriyasi to‘qqizta bahsga yetdi. Ushbu davrda jamoa olti marta mag‘lubiyatga uchragan va uch bor durang o‘ynagan. Bu klubning 1988-yildan buyon qayd etgan eng yomon natijasidir.