Live
13
O'zbek

«MYU» Fransiya milliy jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin

Futbol
1 noyabr, 06:15
«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasi oldidan Jan-Filipp Mateta bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda.
«MYU» Fransiya milliy jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Matetaga qiziqish bildirmoqda. Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, «qizil iblislar» fransiyalik futbolchining kelajagi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi qishki transfer oynasi oldidan 29 yoshli hujumchining holatini o‘rganmoqda. Matetaning «Kristal Pelas» bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida kelishuvga erishmagan.

Ma’lumot uchun, Mateta 2021-yildan buyon «Kristal Pelas» safida to‘p tepmoqda. Fransiyalik futbolchining Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 30 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Mateta ushbu mavsum APL doirasida to‘rtta bahsda maydonga tushgan va qizil kartochka olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar