Live
16
O'zbek

Holandning otasi «Man Siti» atrofidagi mojaro va o‘g‘lining kelajagi haqida gapirdi

Futbol
1 noyabr, 06:45
Alf-Inge klubga nisbatan chiqarilgan ayblovlar bo‘yicha apellyatsiya jarayoni yakunlanishini kutish kerakligini aytdi.
Holandning otasi «Man Siti» atrofidagi mojaro va o‘g‘lining kelajagi haqida gapirdi
Foto: Getty Images
31.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 0 : 1 Brayton Brayton

Erling Holandning otasi Alf-Inge Holand «Manchester Siti» atrofidagi moliyaviy mojaro va o‘g‘lining kelajagi borasida fikr bildirdi. Klubning APLdan chetlatilishi ehtimoli muhokama qilinayotgan bir paytda u vaziyatga munosabatini ma’lum qildi.

«Ommaviy axborot vositalarida yozilganidan ortiq hech narsa bilmayman. U yerda juda ko‘p ma’lumotlar bor va aytishim kerakki, ular biryoqlama yoritilmoqda. Shu sababli klub ish adolatli ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz.

Erling imkon qadar ko‘proq futbol o‘ynash haqida o‘ylamoqda va butun diqqatini aynan shunga qaratgan», — deya Alf-Inge Holandning so‘zlarini The Sun nashri keltirdi.

Shuningdek, u hozirgi futbolchilarni ko‘p yillar avval sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jazolash adolatsizlik bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

«Qaysidir ma’noda, ko‘p yillar oldin sodir etilgan ishlar uchun hozir javob berishga to‘g‘ri kelishi adolatsiz deb hisoblash mumkin. Apellyatsiya jarayoni yakunlanishini kutishimiz kerak. «Manchester Siti» o‘zining aybsizligini isbotlash uchun yetarlicha dalillarga ega ekaniga ishonmoqda. Shu bois yakuniy qaror chiqarilguncha kutgan ma’qul», — dedi Holandning otasi.

Ma’lumot uchun, Angliya Premyer-ligasi «Manchester Siti»ni 2009–2018-yillar oralig‘ida moliyaviy qoidalarni muntazam buzganlikda ayblagan. 2023-yil fevralida klubga nisbatan 115 ta ayblov bandi ilgari surilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil sentabrida ishni ko‘rib chiqqan mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni 115 ta banddan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topgan. Klub ushbu qaror yuzasidan apellyatsiya bergan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Brayton Brayton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar