Live
16
O'zbek

Osiyo kubogi-2027 musobaqasi 2028-yilga ko‘chirilishi mumkin

Futbol
1 noyabr, 07:00
Yaqin Sharqdagi voqealar Saudiyada o‘tishi rejalashtirilgan turnir muddatiga ta’sir qilishi ehtimoli bor.
Osiyo kubogi-2027 musobaqasi 2028-yilga ko‘chirilishi mumkin
Foto: Getty Images

OAVda Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Osiyo kubogi-2027 musobaqasini boshqa muddatga ko‘chirish ehtimoli haqida xabarlar yana paydo bo‘ldi. Jurnalist Battal al-Qaus o‘zining «In the Net» dasturida ushbu masalani ko‘targan.

Uning ta’kidlashicha, hozircha turnirning kechiktirilishi haqidagi gaplar taxminlardan iborat. Bunga Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik fonida Saudiya Arabistonidagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sabab bo‘lishi mumkin.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Xalifa avvalroq zarurat tug‘ilsa, musobaqani 2028-yilda o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmagandi.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi-2027 musobaqasi dastlab 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-oktabr kuni OFK va mahalliy tashkiliy qo‘mita turnir bahslari taqvimi hamda o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionlarni kelishib olgan. Hozircha tayyorgarlik ishlari dastlabki reja asosida davom etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Osiyo kubogi Osiyo kubogi
Bugungi yangiliklar