Xitoy davlat televideniyesi CCTV «Real» hujumchisi Kilian Mbappe atrofidagi mojaro ortidan La Liga bahslari translyatsiyasini qayta boshlagani yo‘q. Cheklovlar dushanba kunidan buyon amal qilmoqda.
Mojaro fransiyalik futbolchining intervyusidan keyin yuzaga kelgan. Unda Mbappe Xitoyning sobiq rahbari Mao Szedunni diktator deb atagan.
Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda CCTV efirida La Liganing birorta bahsi namoyish etilmagan. Shu bilan birga, Xitoyda liga translyatsiyalarining eksklyuziv hamkori hisoblangan Migu raqamli platformasi «Real» ishtirokidagi o‘yinlardan tashqari barcha bahslarni ko‘rsatgan va namoyish etishda davom etishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Mbappe hamda «Real» yuzaga kelgan vaziyat ortidan uzr so‘ragan.