«Real» vingeri Yan Diomande jamoa safida o‘ynash uning ko‘p yillik orzusi bo‘lganini aytdi.
«Men bolaligimdanoq «Real»ga o‘tishni orzu qilardim. Bu orzum amalga oshgani men uchun nimani anglatishini so‘z bilan ifodalash qiyin», — deya Diomandenинг so‘zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.
Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi» 19 yoshli futbolchini o‘tgan yozgi transferlar oynasida Germaniyaning «Leyptsig» jamoasidan bonuslarsiz 125 million yevroga sotib olgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Diomande bu mavsumda Joze Mourino boshqaruvidagi jamoa safida barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylandi.
Futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq Diomande klub safidagi debyut goli haqida gapirib o‘tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi