Live
3
O'zbek

Joan Garsiya: «Bunday himoya chizig‘i bilan o‘ynash g‘alati»

Futbol
1 noyabr, 01:55
«Barsa» darvozaboni «Alaves»ga qarshi bahsda himoyachilarning o‘yini haqida fikr bildirdi.
Joan Garsiya: «Bunday himoya chizig‘i bilan o‘ynash g‘alati»
Foto: Getty Images
31.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 6 : 1 Deportivo Alaves Deportivo Alaves

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya «Alaves»ga qarshi (6:1) uchrashuvda himoyachilarning o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Bunday himoya chizig‘i bilan o‘ynash, albatta, g‘alati edi. Lekin Frenki va Brayan o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarishdi.

Ular har qanday pozitsiyada ham o‘zini ko‘rsata olishini namoyish etishdi», — deya Joan Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Barca Universal nashri.

Qayd etish lozim, jarohatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli bosh murabbiy Hans-Diter Flik himoya chizig‘ida ikki nafar tayanch yarimhimoyachisidan foydalanishga majbur bo‘ldi.

Markazda Frenki de Yong, o‘ng qanotda esa asosiy jamoa safidagi ilk uchrashuvini o‘tkazgan Brayan Farinyas harakat qildi.

Ma’lumot o‘rnida, «Barselona» 11 turdan so‘ng 30 ochko jamg‘argan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa navbatdagi bellashuvni Chempionlar Ligasi doirasida «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar