Live
3
O'zbek

Yamalning otasi: «Meni o‘g‘limning ismi bilan atashni bas qiling»

Futbol
1 noyabr, 01:30
    21
Munir Nasraui o‘g‘lining ismi va familiyasiga oydinlik kiritdi.
Yamalning otasi: «Meni o‘g‘limning ismi bilan atashni bas qiling»
Foto: Getty Images

«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui o‘ziga va o‘g‘liga qanday murojaat qilish to‘g‘ri ekanini tushuntirdi.

«Meni Yamal deb atashni bas qiling. Men Yamal emasman! Yamal familiya emas. O‘g‘limning familiyasi — Nasraui Ebana, ismi esa Lamin Yamal», — deya izoh berdi 19 yoshli vingerning otasi.

Eslatib o‘tamiz, La Liga doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Alaves»ni yirik 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yamal esa dubl qayd etib, yana bir assist ham amalga oshirdi.

Ma’lumot o‘rnida, kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Avvalroq «Oltin to‘p» topshirish marosimidan keyin Yamalning otasi Munir Nasraui bir qator mojaroli voqealar markazida qolgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

21 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar