Live
3
O'zbek

Flik «Alaves»dan o‘tkazib yuborilgan goldan norozi

Futbol
31 oktabr, 23:00
    20
Mutaxassisning ta’kidlashicha, futbolchilar ham o‘tkazib yuborilgan goldan mamnun emas.
Flik «Alaves»dan o‘tkazib yuborilgan goldan norozi
Foto: Getty Images
31.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 6 : 1 Deportivo Alaves Deportivo Alaves

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasi «Alaves»ni 6:1 hisobida mag‘lub etganiga qaramay, raqibning o‘yin oxirida urgan golidan norozi bo‘ldi.

Kataloniyaliklar La Liga doirasidagi bahsda 84-daqiqada gol o‘tkazib yubordi. Flikning aytishicha, tanaffus paytida jamoa ikkinchi bo‘limda ham darvozasi daxlsizligini saqlashni maqsad qilgan.

Shunga qaramay, «Alaves» o‘yinning so‘nggi qismida gol urib, bu rejani amalga oshirishga yo‘l qo‘ymadi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, futbolchilar ham o‘tkazib yuborilgan goldan mamnun emas.

«Tanaffusda darvozamizni daxlsiz saqlashni xohlayotganimiz haqida gaplashgandik. Ikkinchi bo‘limda ham xuddi shunday kayfiyatni saqlash muhim edi.

O‘tkazib yuborilgan goldan men ham, futbolchilarning o‘zi ham norozi», — dedi Flik. Ma’lumot o‘rnida, ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» turnir jadvalida 30 ochko bilan yana peshqadamga aylandi. «Alaves» esa 12 ochko to‘plab, 8-pog‘onadan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar