«Bavariya» yarimhimoyachisi va sardori Yozua Kimmix Bundesliganing 8-turidan o‘rin olgan «Borussiya D»ga qarshi markaziy uchrashuv natijasi haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, bu mavsumdagi uchinchi durangimiz bo‘ldi. Bugungi o‘yin aslo bunday natija bilan yakunlanmasligi kerak edi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limdagi o‘yinni hisobga olsak, bu durangni adolatli deb hisoblamayman.
Lekin futbolda ba’zan shunday holatlar ham uchrab turadi. «Borussiya D» taslim bo‘lmadi va yakuniy hushtakka qadar kurashdi.
Oxir-oqibat, bu bir ochkoni qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, bugun shubhasiz g‘alaba qozonishimiz kerak edi», — deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi myunxenliklar rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Konrad Laymer va Dayo Upamekano «Bavariya»ning gollariga mualliflik qildi, Serxu Girassi hamda Fabio Silva esa dortmundliklar safida javob gollarini urishdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi