Serbiyaning Belgrad shahrida taekvondo WT bo‘yicha «Galeb Belgrade Trophy – Serbia Open 2026» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston milliy jamoasi vakillari ham ishtirok etib, 2 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Madina Mirabzalova 57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Svetlana Saidova 73 kilogramm va undan yuqori vazn toifasida bronza medali sohibasi bo‘ldi.
Oltin medal:
— Madina Mirabzalova (-57 kg);
Bronza medal:
— Svetlana Saidova (+73 kg).
Avvalroq taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi «Qatar Open» turnirida 6 ta medalni qo‘lga kiritgani ma’lum qilingan edi.