«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich jahon chempionatidan keyin ham faoliyatini davom ettirishga qaror qilgani haqida gapirdi.
«Menga «Milan»da hammasi yaxshi. Bu yerda qadrlanishimni va sevilishimni his qilyapman. Klub va yangi murabbiy bilan suhbatlashgach, qolishga qaror qildim.
Jamoaga foydam tegishi, yosh futbolchilarga yordam berishni istadim. «Milan» uchun borimni beraman», — dedi Modrich CBS Sports bilan suhbatda.
Avvalroq xorvatiyalik futbolchi 2026 yilgi mundialdan so‘ng butsalarini mixga ilishi mumkinligi taxmin qilingandi. Biroq iyul oyi oxirida «rossoneri» u bilan shartnoma 2027 yil yozigacha uzaytirilganini e’lon qildi.
Sentyabr oyida 41 yoshni qarshi olgan tajribali futbolchi «Inter»ga qarshi derbida maydonda to‘liq harakat qildi va jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.