«Milan» «Inter»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, tarixiy natija qayd etdi.
«Rossoneri» Italiya chempionatining 10-turidagi ushbu g‘alaba bilan ketma-ket to‘rtinchi derbida zafar quchdi. Klub tarixida bunday seriya to‘rtinchi marta kuzatilmoqda.
«Milan» bunga qadar so‘nggi bor 1972-1973-yillarda «Inter»ga qarshi ketma-ket to‘rtta derbida g‘alaba qozongan edi.
Klub tarixida azaliy raqib ustidan bundan ham uzoq g‘alabali seriyalar bo‘lgan. «Rossoneri» 1946-1948-yillar oralig‘ida «Inter»ni olti marta ketma-ket mag‘lub etgan. Bundan tashqari, 1911–1913-yillarda ham milanliklar derbilarda olti uchrashuvda g‘alaba qozongan.
Ushbu seriya esa 10-turdagi 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan davom etdi. «Inter» bilan bahsda qo‘lga kiritilgan muhim uch ochko «Milan»ning derbidagi ustunligini yana bir bor namoyon qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi