«Real» hujumchisi Endrik faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, braziliyalik 20 yoshli futbolchi xizmatlariga «Roma» va «Milan» klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki jamoa ham hujum chizigʻini kuchaytirish maqsadida Endrikning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Biroq transfer albatta yanvar oyida amalga oshishi shart emas. Klublar Endrikni keyingi transfer oynalarida ham oʻz safiga qoʻshib olishga urinib koʻrishi mumkin.
Bu mavsumda Endrik barcha turnirlarda atigi toʻrtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi oʻtgan mavsumni «Lion»da ijara asosida oʻtkazgan va yangi mavsum oldidan «Real»ga qaytgandi.