«Inter» himoyachisi Manuel Akanji «Milan»ga qarshi derbi oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Jismonan charchoq his qilayotganim yo‘q. Avvalgi uchrashuvda biroz dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bizning maqsadimiz — g‘alaba qozonish. «Milan»ga qarshi bahsda ham eng muhimi shu. Umid qilamizki, bunga erisha olamiz. Kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlarda bunday qilishga haqqimiz yo‘q. Ba’zan raqib o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmagani uchun bunday xatolarimiz jazosiz qoladi.
«Milan»ga qarshi o‘yinni bunday boshlay olmaymiz. Raqibga oson gollar urishiga imkon bermasligimiz kerak. Ular darvozamizga gol urish uchun ancha ko‘p harakat qilishlariga to‘g‘ri keladi», — dedi shveysariyalik futbolchi Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, «Inter» 25 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Milan» esa 18 ochko jamg‘argan.