Live
2
O'zbek

Amorim: «Derbiga tayyor bo‘lishimiz kerak. G‘alaba uchun harakat qilamiz»

Futbol
28 oktabr, 17:22
«Milan» A Seriya turnir jadvalida 18 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Amorim: «Derbiga tayyor bo‘lishimiz kerak. G‘alaba uchun harakat qilamiz»
Фото: Getty Images
31.10.2026, 15:45 Italiya A seriyasi Milan Milan - : - Inter Inter

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Italiya chempionatida jamoani kutayotgan navbatdagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, milanliklar keyingi tur uchrashuvida «Inter»ga qarshi o‘ynaydi. Bahs 31-oktyabr kuniga belgilangan.

«Derbiga tayyor bo‘lishimiz kerak. Qo‘limizdagi vaqt va imkoniyatlardan kelib chiqib, o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. G‘alaba uchun kurashishimiz shart. Yaxshi jamoaga aylanamiz. Ba’zan mag‘lub bo‘lamiz, ba’zan g‘alaba qozonamiz, ammo kelajakda juda kuchli bo‘lamiz. Men bunga ishonaman. Barcha futbolchilarimiz safga qaytgach, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun kurasha olamiz. Hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas — biz g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz shart», — dedi Amorim DAZN telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, «Milan» A Seriya turnir jadvalida 18 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar