Italiya A Seriyasining 9-turida «Latsio» safarda «Sassuolo»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Rimliklar 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, chempionatdagi ketma-ket beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Bahsning dastlabki daqiqalaridanoq jamoalar hujumkor futbol namoyish etdi. Sakkizta gol kiritilgan bellashuvda ularning dastlabki to‘rttasi birinchi bo‘limning 16-daqiqasigacha urildi. Bu holat A Seriyada uzoq vaqt davomida kuzatilmagan statistik natijani takrorladi.
«Sassuolo» — «Latsio» bahsiga qadar Italiya chempionatida dastlabki 16 daqiqada to‘rtta gol urilgan so‘nggi o‘yin 2019-yil 4-aprel kuni bo‘lib o‘tgan. O‘shanda «Atalanta» va «Bolonya» o‘rtasidagi bahsda shunday natija qayd etilgandi.
Ma’lumot uchun, «Latsio» esa ushbu g‘alaba orqali muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirdi. Rim klubi chempionatdagi ketma-ket beshinchi g‘alabasini safarda qo‘lga kiritdi va navbatdagi turga yaxshi kayfiyatda yo‘l oladi. Rim klubi keyingi turda «Kalyari»ga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi