Bugun
98
O'zbek

Boks. O'zbekistonlik yosh bokschilar jahon chempionatini 8 ta medal bilan yakunladi

Boks
28 oktabr, 02:30
O‘zbekiston U19 jamoasi Budvada 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Boks. O'zbekistonlik yosh bokschilar jahon chempionatini 8 ta medal bilan yakunladi
Foto: Olypmicuz

Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha U19 yosh toifasidagi jahon chempionati yakunlandi. 69 ta mamlakatdan 474 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston vakillari jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtlarimiz hisobida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bor. Yigitlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi.

Oltin medallar:

  • 75 kg: Suxrob Raxmatullayev
  • 90 kg: Asadbek Sultonboyev
  • 51 kg: Nazokat Mardonova
  • +90 kg: Islom Salixov

Kumush medallar:

  • 85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jayev
  • 70 kg: Maftuna Yangiyeva

Bronza medallar:

  • 70 kg: Zulfiqor Adhamjonov
  • 48 kg: Muxtasar Aliyeva
Bugungi yangiliklar