Bugun
98
O'zbek

«Napoli» Fransiya klubidan yosh darvozabonni nishonga oldi

Futbol
28 oktabr, 02:15
Neapolliklar «Tuluza» safida o‘ynayotgan Giyom Restga qiziqish bildirmoqda.
«Napoli» Fransiya klubidan yosh darvozabonni nishonga oldi
Foto: Getty Images

«Napoli» transfer oynasi ochilishiga hali vaqt borligiga qaramay, tarkibni kuchaytirish bo‘yicha rejalarini ishlab chiqmoqda. Neapol klubi hatto yanvar oyidayoq amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transfer variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Calcionapoli1926.it sayti transferlar bo‘yicha jurnalist va insayder Ekrem Konur ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, «Napoli» sport direktori Jovanni Mannaning e’tiborini «Tuluza» darvozaboni Giyom Rest tortgan.

2005-yilda tug‘ilgan fransiyalik darvozabon Fransiya chempionatida — Liga 1da o‘zini yaxshi tomondan namoyon qilmoqda. Yosh futbolchining o‘yinlari bir nechta yirik klub skautlarining ham e’tiborini tortgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Restga nafaqat «Napoli», balki «PSJ», «Real», «Aston Villa» va «Ipsvich Taun» ham qiziqish bildirmoqda. Shu sababli darvozabonning kelajagi borasida raqobat yuzaga kelishi mumkin.

Hozircha klublarning futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bergani yoki muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot yo‘q. «Napoli»ning qiziqishi transfer amalga oshishini anglatmaydi, biroq neapolliklar yosh darvozabonni kuzatib borayotgan klublar qatoriga qo‘shilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar