Bugun
98
O'zbek

Jerrard: «Shou va Maguayr «MYU»ning saviyasiga mos kelmaydi»

Futbol
28 oktabr, 02:00
    10
«Liverpul»ning sobiq sardori mankunianliklar himoyachilari hozir klub darajasiga mos kelmayotganini ta’kidladi.
Jerrard: «Shou va Maguayr «MYU»ning saviyasiga mos kelmaydi»
Foto: Getty Images
31.10.2026, 08:30 Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jerrard «Manchester Yunayted»dagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, mankunianliklar himoyachilar Harri Maguayr va Lyuk Shou bilan ancha oldin xayrlashishi kerak edi. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri xabar berdi.

«Harri Maguayrning faoliyati haqiqatan ham ajoyib kechgan. Men Lyuk Shou bilan Angliya milliy jamoasida birga o‘ynaganman. U faoliyatining eng yaxshi davrida juda yuqori saviyadagi futbolchi edi», — dedi Jerrard.

Shu bilan birga, sobiq yarimhimoyachi ikkala himoyachi ham hozir «Manchester Yunayted» darajasiga mos kelmayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, klub ularni tarkibdan chiqarish masalasini ancha oldin hal qilishi lozim edi.

«Ammo hozir ularning hech biri «MYU»ning saviyasiga mos kelmaydi. Klub ular bilan ancha oldin xayrlashishi kerak edi», — deya qo‘shimcha qildi Jerrard.

Jerrardning fikri «Manchester Yunayted»ning so‘nggi yillardagi natijalari va tarkibni yangilash zarurati haqidagi munozaralarni yana kun tartibiga olib chiqdi. Biroq himoyachilarning kelajagi bo‘yicha klub tomonidan qanday qaror qabul qilinishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya chempionligini oxirgi marta 2013-yilda qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar