Live
3
O'zbek

Runi «MYU» futbolchilarini keskin tanqid qildi

Futbol
27 oktabr, 06:15
Klub afsonasi jamoaning o‘yinidan norozi ekanini bildirib, futbolchilar maydonda yetarlicha harakat qilmayotganini aytdi
Runi «MYU» futbolchilarini keskin tanqid qildi
Foto: Getty Images
31.10.2026, 08:30 Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi jamoaning hozirgi futbolchilarini keskin tanqid qildi. The Touchline nashri keltirgan sobiq futbolchining fikrlariga ko‘ra, «qizil iblislar» vakillari maydonda ko‘proq mehnat qilishi va klub libosiga munosib o‘yin namoyish etishi kerak.

«Jin ursin, hech bo‘lmaganda men yugurardim va astoydil mehnat qilardim. Bu futbolchilar esa shunga o‘xshash ishlarni ham qilishmayapti! Kiyinish xonasiga kirib, barchasini qarshimga o‘tqazgan va ulardan: «O‘zi nima qilyapsizlar?! Maydonda shunchaki yurib, «Manchester Yunayted» libosini kiyishga loyiqman deb o‘ylaysizlarmi?!» deb so‘ragan bo‘lardim. Ularga shunday turtki bergan bo‘lardimki, uzoq vaqt eslaridan chiqmasdi!» — dedi Runi.

«Manchester Yunayted» ayni paytda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa natijalari va o‘yin sifati atrofidagi tanqidlar kuchaygan bir paytda Runi ham sobiq klubidagi vaziyatga munosabat bildirdi.

Ma’lumot uchun, Ueyn Runi faoliyati davomida «Manchester Yunayted» safida uzoq yillar to‘p tepgan va klub tarixidagi eng taniqli futbolchilardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» 31-oktyabr kuni APL doirasida safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar