Bugun
50
O'zbek

Nagelsmann «MYu» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodga aylandi

Futbol
27 oktabr, 02:05
Eddi Hau ham klub vakillari orasida qo‘llab-quvvatlanayotgan nomzodlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Nagelsmann «MYu» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodga aylandi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik yaqin vaqt ichida o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pol Xyorst xabar berdi.

Kecha, 26 oktabr kuni «qizil iblislar» rahbariyati yig‘ilish o‘tkazgan, ammo yakuniy qarorni qabul qilishga shoshilmagan. Shu bois jamoa bugun, 27 oktabr kuni ham Karrik qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin.

Qayd etilishicha, amaldagi murabbiy bilan shartnoma bekor qilingan taqdirda klub rahbariyati tobora ko‘proq Yulian Nagelsmann nomzodiga moyillik bildirmoqda. Shu bilan birga, Eddi Hau ham rahbariyat vakillari orasida qo‘llab-quvvatlanayotgan nomzodlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» APL doirasida o‘z maydonida «Bornmut»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Manchesterliklar keyingi uchrashuvini safarda «Chelsi»ga qarshi o‘tkazadi.

Ayni paytda jamoa APL turnir jadvalida 7 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar