2026 yilda France Football nashrining eng yaxshi futbolchiga atalgan mukofoti «Bavariya» hujumchisi Harri Keynga nasib etdi. Ovoz berishda «Barselona» vingeri Lamin Yamal uchinchi, klub yarim himoyachisi Rodri esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, Lionel Messi «Barselona» safida ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan so‘nggi futbolchi bo‘lib qolmoqda. Argentinalik futbolchi 2019 yilda ushbu mukofotga ega chiqqandi. 2020 yilda esa pandemiya sabab sovrin o‘z egasiga topshirilmagan.
Qayd etish lozim, bu klubning 2000-yillar boshidan buyon «Oltin to‘p»siz eng uzoq davridir. O‘shanda Rivaldoning 1999 yilgi g‘alabasidan so‘ng «Barselona» vakillari 2000–2004 yillarda sovrinni qo‘lga kirita olmagan. 2005 yilga kelibgina Ronaldinyo ushbu seriyaga chek qo‘ygandi.