Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan «Eyr Fors» — «Paxtakor» o‘yini (1:0)dan keyin toshkentliklar murabbiyi Emilian Karas matbuot anjumanida qatnashdi.
«Bahsdan avval maydon muammo tug‘dirishi mumkinligini bilardik. Bu yerda kam xato qilgan jamoa yutardi.
Afsuski, biz bunga yo‘l qo‘ydik va raqib bundan foydalandi. Maydonga moslashib o‘ynay olmadik. Ushbu maydonda futboldan ko‘ra regbi o‘ynash mumkin.
Mezbonlarda g‘alabaga ishtiyoq juda yuqori bo‘ldi. Butun jamoa so‘nggi daqiqagacha buning uchun harakat qildi.
Futbolda ham hayotdagi kabi yaxshi va yomon lahzalar bo‘ladi. Bu barchada yuz beradi. Hozir ruhiy tushkunlikdan chiqishga intilamiz», — dedi mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu natijadan so‘ng 2 ochkosi bor «sherlar» 12-o‘ringa tushib ketishdi. Iroq klubi esa ochkolarini 3 taga yetkazib, 16-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi