Ushbu bellashuvdan keyin «Paxtakor» ustozi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo‘limni to‘liq tashabbusimiz ostida o‘tkazdik. 3 ta 100 foizli vaziyatimizdan gol ura olmadik. Ikkinchi bo‘limda nima bo‘ldi, bilmayman. Umuman boshqa jamoa chiqdi. «Neftchi» o‘z imkoniyatlaridan foydalandi. Birinchi bo‘limning o‘zida biz 3 ta gol ursak bo‘lardi. Lekin futbol shunaqa narsa. Ikkinchi bo‘limda nima bo‘lganini bilmadim.
- Birinchi bo‘limda «Paxtakor» foydasiga belgilangan penalti va o‘yin oxirlarida jamoangiz zarariga belgilangan penalti haqida nima deya olasiz?
- Biz gol urgan penaltiyni qaramadim. Oxirgi penaltini bilmadim. Uni qanaqa tahlil qilishadi, bilmayman. Ko‘rib chiqdim, u qadar itargani yoki tortgani ham yo‘q.
- «Paxtakor» OChLda boshqacha motivatsiya bilan o‘ynayapti. Bugun esa birinchi bo‘limda 5 ta imkoniyat bo‘ldi. Motivatsiya masalasida oqsoqlik bo‘lyaptimi?
- Motivatsiya bilan chiqishgan. Ikkinchi taymda nima bo‘ldi, bilmadim. Buni gaplashamiz, tahlil qilamiz. Ikkinchi taymda umuman boshqa jamoa chiqqandek bo‘ldi. Yutdik deb o‘ylashdi, yigitlar. O‘yinni tahlil qilamiz.
- Zaid Tahsinning holati qanday?
- Bilmadim, tez tibbiy yordam mashinasida ketdi. Shifokor nima bo‘lganini hali aytmadi.
- Ikkinchi bo‘limda nima bo‘lganini bilmadim deyapsiz. Balki tanaffus paytida futbolchilar bilan ko‘proq gaplashishingiz kerakmidi?! «Paxtakor» ustozi sifatida ikkinchi taymda nima bo‘lganini tushunmadim, deyish g‘alati emasmi?
- Ko‘rib chiqamiz. Futbolchilar bilan har bir epizodni gaplashamiz. Ertaga gaplashamiz. Nima bo‘lganini, nega bunday bo‘lganini bilish kerak. Balki birinchi taymda 5 ta imkoniyat yaratgach, ikkinchi bo‘limda ham yana vaziyatlar yaratamiz deb bo‘shashishgandir. Ertaga hammamiz birga tahlil qilamiz.
- 5 ta tur qoldi. Chempionlik masalasi haqida nima deya olasiz?
- 5 ta tur bor. Kim kimni yutishini hech kim 100 foiz bilmaydi. Oxirigacha kurashamiz. Hali imkoniyat yo‘qolgani yo‘q. Ha, biroz pasaygan bo‘lishi mumkin. Lekin imkoniyat yo‘qolgani yo‘q. Chempion bo‘lishga kurashamiz», - deya Kamoliddin Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Kamoliddin Tojiyev: «Ikkinchi bo‘limda nima bo‘lganini bilmadim»
Eksklyuziv
23 oktabr, 15:14
8
Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Фото: Пахтакор ПФК
23.10.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Paxtakor Toshkent
1
:
3
Neftchi Fargona
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi