Bugun Superligada 25-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Buxoroda o‘tkazilgan «Buxoro» va «Surxon» (0:0) o‘yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Avvalo, «Buxoro» jamoasining birinchi yutug‘i – ularning murabbiylar shtabi, deb o‘ylayman. Juda yaxshi mutaxassis va bosh murabbiy juda yaxshi shakllangan jamoani yaratdi. Ularga qarshi o‘ynash hech qaysi raqibga oson emas, bu aniq. Bizga ham oson emasdi. Lekin jamoamizga ham ochkolar kerak. Shunga harakat qildik.
Bugungi uchrashuvda raqibda ham, bizda ham imkoniyatlar bor edi. «Buxoro» 10 kishi bo‘lib qolgach, himoyada yanada kuchliroq va tartibli o‘ynadi. Ularga qarshi o‘ynash yanada qiyinroq bo‘ldi. Bu yangilik emas. Chunki bu mutaxassisni jamoasi maydonda yaxshi o‘ynaydi. O‘ziga yarasha yaxshi tarkibga ega. Har bir futbolchi o‘z ishini biladi. Bunday klublarga qarshi o‘ynash hech qachon oson bo‘lmaydi. Yana bir marta bu o‘z isbotini ko‘rsatdi.
- Bugungi durangni «Surxon» jamoasi uchun g‘alabaga teng desa bo‘ladimi?
- Menimcha, yo‘q. Chunki, agar 11 ga 11 bo‘lganida balki bu gapingizni tasdiqlashim mumkin edi. Shunga qaramasdan futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Yigitlar borini berib harakat qilishdi. Imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilishdi. Ammo nimadir bizga yetishmayapti. Uchta o‘yin va gol urganimiz yo‘q. Buning ustida ham ishlashimiz kerak. Bizga nimadir xalaqit beryapti. Buni tasodif deb o‘ylayman. Gol urishga harakat qilamiz va buning ustida ishlaymiz.
- «Surxon»da markaziy hujumchi yo‘qmi yoki bugungi o‘yinda hujumchilar golli imkoniyatlarni golga aylantira olishmadimi?
- Hujumchi bor, bizda. Bugun yosh, iste’dodli futbolchi Kamron Yusupov o‘ynadi. Unga ham imkoniyat berishimiz kerak, mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda qatnashyapti. Asosiy tarkibda maydonga tushdi. Gol urishga intildi va harakat qildi. Lekin hammasi Xudodan. U o‘z harakatini qildi va unga e’tirozim yo‘q. Har bir futbolchi borini berishga harakat qildi. Har bir uchrashuvda maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz. Safarda bo‘ladimi, uydami farqi yo‘q. Buni yigitlarga singdirishga harakat qilyapmiz. Muxlislarimizga stadionga kelib bizni qo‘llaganlari uchun rahmat», - deya Anvar G‘ofurovning so‘zlarini keltirdi Tribuna.uz muxbiri.
Anvar G‘ofurov: «Buxoro»ga qarshi o‘ynash hech qaysi jamoaga oson emas»
Eksklyuziv
23 oktabr, 13:31
G‘ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Фото: Сурхон ПФК
23.10.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Buxoro
0
:
0
Surxon