Bugun, 23 oktabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlari mezbonligida o‘tayotgan V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 5-kuni bo‘lib o‘tdi. Kun davomida O‘zbekiston delegatsiyasi 25 ta medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik sportchilar kun davomida 7 ta oltin, 8 ta kumush va 10 ta bronza medalga ega bo‘lishdi. Natijada O‘zbekiston delegatsiyasining umumiy medallar soni 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronzaga, jami 145 taga yetdi.
Ayni vaqtda musobaqada Xitoy delegatsiyasi 427 ta medal (204 ta oltin, 115 ta kumush va 108 ta bronza) bilan peshqadamlik qilmoqda. Yaponiya delegatsiyasi 185 ta medal (63 ta oltin, 60 ta kumush va 62 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Musobaqalar 24 oktabrgacha davom etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi