Live
6
O'zbek

Aleksandr Xomyakov: «Endi qaysi o‘rinda yakunlashimiz unchalik muhim emas»

Eksklyuziv
23 oktabr, 13:25
Xomyakov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:
Aleksandr Xomyakov: «Endi qaysi o‘rinda yakunlashimiz unchalik muhim emas»
Фото: Бухоро ПФК
23.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Buxoro Buxoro 0 : 0 Surxon Surxon

«Buxoro» - «Surxon» (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- Menimcha, ancha qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv vaziyatlarga boy bo‘ldi, deb aytolmayman, lekin umuman olganda, kurash va hissiyotlarga boy, yaxshi bahs bo‘ldi. Shu ma’noda, bugungi natijani kurashlarga boy durang deyish mumkin.

Birinchi bo‘limda vaziyatlarimiz ko‘proq bo‘ldi. Yaxshi ko‘rindik, o‘yin rejasiga qat’iy amal qildik. Menimcha, rejamizni bajardik, ko‘plab to‘pni olib qo‘yishlarga erishdik. Raqibning qanday futbol o‘ynashini bilgan holda, ularning maydonida ham ko‘p to‘pni olib qo‘ydik. Faqat so‘nggi pas va yakuniy zarba yetishmadi. Umuman olganda, birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik.

Ikkinchi bo‘limda esa Todorovning maydondan chetlatilishi o‘yin manzarasini biroz o‘zgartirdi. Shunga qaramay, raqibga ko‘p vaziyatlar yaratish imkonini bermadik. O‘zimiz ham hujumlarni keskinlashtirishga va vaziyatlar yaratishga harakat qildik.

Raqibda ham bir vaziyat bo‘ldi, o‘sha epizodda ular g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi. Eng muhimi, yigitlar yana bir bor xarakter ko‘rsatib, oxirigacha bardosh berishdi. Albatta, g‘alaba qozonishni istagandik. Lekin yaxshi futbol va kurashlarga boy durang bo‘ldi.

— Jarohatdan qaytgan legionerlar nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushirilmayapti? Shuningdek, ular haqiqatan ham jamoaga natija keltira olyaptimi? Ularning o‘yinini bir necha yildan beri kuzatib kelyapmiz, ammo pasayish sezilmoqda. Buning sababi nimada?

- Ayrim jihatlarda sizga qo‘shilaman. Bugungi o‘yinda ham qanot yarim himoyachilarimiz yanada faolroq harakat qilishlarini istardim. Menimcha, aynan ularning harakatlarida hujumlarni keskinlashtirish yetishmadi.

Shunga qaramay, yigitlarimiz vaziyatlar yaratishdi. Aytganimdek, faqat yakuniy bosqichda shoshilib qoldik. Legionerlarga kelsak, ular yaqinda jarohatdan qaytishdi. Ikkalasi ham jamoa ixtiyorida va o‘ynashga tayyor. Hozircha ularning pozitsiyalarida boshqa futbolchilar bor, shuning uchun o‘z imkoniyatlarini kutishyapti. Bu yerda g‘ayrioddiy hech narsa yo‘q. Har bir futbolchi o‘z imkoniyatini kutishi kerak.

— Agar Dominik Begich asosiy tarkibda maydonga tushsa yoki Asadbek Jo‘raboyevning o‘rniga o‘ynasa, u o‘z imkoniyatlaridan foydalana oladimi? O‘tgan yilgi Dominik Begichni yana ko‘ra olamizmi?

- Buni vaqt ko‘rsatadi. Menimcha, hammasi Dominikning o‘ziga bog‘liq. U yaxshi jismoniy holatga kirib bormoqda, intilishini ko‘rish mumkin. O‘zining salohiyatli futbolchi ekanini isbotlashga harakat qilayotgani meni xursand qilyapti. Shuning uchun biroz kutishimiz kerak. Oldinda yana beshta o‘yin bor. Ehtimol, siz uning o‘yinini yana ko‘rishingiz mumkin.

— Jamoa mavsumni qaysi o‘rinda yakunlasa, siz uchun bu muvaffaqiyatli mavsum hisoblanadi? Shaxsan o‘zingiz uchun qanday natija qoniqarli bo‘lardi?

- Jamoamiz uchinchi o‘rinni egallab, kelasi yili qit’a kuboklaridan birida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritsa, men uchun qoniqarli natija bo‘lardi. Buning uchun «Neftchi» kubokda g‘olib chiqishi yoki finalga qadar yetib borishi, «Paxtakor» esa bizdan yuqorida bo‘lmasligi kerak edi. Hozirgi vaziyatda uchinchi o‘rin deyarli hech narsa bermaydi. Shu bois, bunday imkoniyatga umid qilgandik va aynan shu natija meni qoniqtirgan bo‘lardi.

Men turnir jadvaliga qarab ish tutmayman. Biz o‘z zimmamizdagi mas’uliyatni va bu yerda nima maqsadda ishlayotganimizni juda yaxshi tushunamiz. Shuning uchun har bir o‘yinda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Endi qaysi o‘rinda yakunlashimiz unchalik muhim emas», - deya Aleksandr Andreyevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Surxon Surxon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar