Superligada 25-tur uchrashuvlari start oldi. “Bunyodkor” Toshkentda “Mash’al” bilan kuch sinashdi. Unda Ivan Boshkovich shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Zafarbek Akramov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan biroz o‘tib, Islom Anvarov muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirlariga yetmasdan Shamsiddin Tursunmahamadov ikkinchi golni urdi.
Bu g‘alabadan so‘ng “Bunyodkor” ochkolari sonini 26 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. “Mash’al” esa 4 ochko bilan 16-pog‘onada.
Superliga. 25-tur
Bunyodkor – Mash’al 2:1
Gollar: Zafarbek Akramov, 11 (0:1), Islom Anvarov, 17 (1:1), Shamsiddin Tursunmahamadov, 34 (2:1)
Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 9.Matiya Krivokapich, 10.Amir To‘raqulov, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olimjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 27.Islom Anvarov, 42.Abdulhamid Ikromov, 45.Shamsiddin Tursunmahamadov, 66.Azizbek To‘lqunbekov, 74.Ivan Bukrin.
Mash’al: 73.Vladislav Rusanov, 2.Zafar Akramov, 5.Komiljon Tojiddinov (77.Izzatillo Abdulhaqov, 56), 8.Sardor Abduraimov, 19.Tohir To‘xtasinov (22.Muhammadbobur Mo‘ydinov, 67), 24.Ifeanyi Ifeanyi, 28.Ergash Ismoilov, 38.Sunnatulla Yarashev, 67.O‘g‘abek Abdirahimov, 76.Firdavs Jovliyev (7.Vlatko Stoyanovski, 67), 99.Bobir Asqarov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi