Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi navbatdagi «El Klasiko» haqida fikr bildirdi. Mutaxassis DAZN nashriga bergan intervyusida avvallari nima sababdan kataloniyaliklarga ko‘proq muxlislik qilganini tushuntirdi.
«Albatta, «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi «El Klasiko»ni tomosha qilaman. Hayotimning barcha bosqichlarida bu jamoalar o‘yinlarini kuzatib kelganman.
Avvallari «Barselona»ga ko‘proq xayrixoh edim. O‘sha paytlarda Pepe va «Real»ning boshqa himoyachilari yo‘lidagi hamma narsani tom ma’noda yakson qilib ketishi menga yoqmasdi. Ilgari «Barselona»ga muxlislik qilishimning yagona sababi shu edi.
Hozir esa o‘yinlarni betaraf kuzatuvchi sifatida tomosha qilaman. Bugun yaxshiroq o‘ynayotgan jamoa tarafdoriman. Hozirgi vaziyatga qaraydigan bo‘lsak, bu — «Barselona», — dedi Klopp.
Ma’lumot uchun, «Barselona» va «Real» Ispaniya chempionatining 10-turida o‘zaro bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, «El Klasiko» 25-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 26-oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.