«Manchester Yunayted» rahbariyati «Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurtselerni jamoaga taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Nemis mutaxassisi Maykl Kerrik o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Julian Nagelsmann ham «MYU» bosh murabbiyligi uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Biroq Xyurtselerning o‘zi «Manchester Yunayted»ga o‘tishdan manfaatdor emas. Ayni paytda Kerrikning klubdagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» hozircha Kerrikning iste’foga chiqarilishi haqida rasman e’lon qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mankunianliklar Angliya Premyer-ligasidagi navbatdagi bahsda mag‘lubiyatga uchrasa, Kerrik ushbu haftadayoq lavozimidan chetlatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.