Bugun
45
O'zbek

YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

Futbol
22 oktabr, 02:55
Ushbu sovrin uchun 4 nafar futbolchi kurash olib boradi.
YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Foto: Getty Images

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Tur yakunlariga ko‘ra, haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.

UEFA matbuot xizmatining xabar berishicha, sovrin uchun «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fil Foden, «Komo» vakili Niko Paz, «Napoli» futbolchisi Skott Maktominey hamda «Liverpul» hujumchisi Rio Ngumoa kurash olib boradi.

Qayd etish lozim, Foden AEKka qarshi (5:1) uchrashuvda uchta gol va bitta assist qayd etdi. Paz «Manchester Yunayted»ga qarshi (4:1) bahsda ikkita gol urdi va bitta assist amalga oshirdi. Maktominey «Bude-Glimt»ga qarshi (4:3) o‘yinda ikkita gol muallifi bo‘ldi. Ngumoa esa «Vilyarreal»ga qarshi (4:3) uchrashuvda ikkita assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi UEFA rasmiy saytida o‘tkaziladigan ovoz berish orqali aniqlanadi. Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-tur uchrashuvlari 3 va 4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Foto: UEFA

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar