Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni mahalliy futbol federatsiyasining shartnomani 2030 yilga qadar uzaytirish taklifiga rozilik berdi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yaqin vaqt ichida tomonlar muzokaralarning so‘nggi tafsilotlarini kelishib olib, yangi shartnoma imzolashadi.
Ma’lumot o‘rnida, Skaloni boshchiligida Argentina milliy jamoasi 2022 yil Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi. Finalda argentinaliklar Fransiya milliy jamoasini penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida Skaloni shogirdlari finalgacha yetib borgan. Biroq hal qiluvchi bahsda jamoa Ispaniya milliy jamoasiga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Uchrashuvdagi yagona golni Ferran Torres urgandi.