Bugun
1
O'zbek

JCH-2026. Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi

Futbol
19 iyul, 18:02
Ferran Torresning qo‘shimcha bo‘limdagi goli ispanlarga tarixdagi ikkinchi mundial chempionligini taqdim etdi.
JCH-2026. Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Jahon chempionatining final bahsida Ispaniya milliy jamoasi Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, JCH-2026 bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Asosiy vaqt davomida jamoalar darvozalarni ishg‘ol eta olmadi. 90+3-daqiqada Argentina yarimhimoyachisi Enso Fernandes ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi va jamoasini bir kishi kam bo‘lib qoldirdi.

Uchrashuv taqdiri qo‘shimcha bo‘limlarda hal bo‘ldi. 106-daqiqada Niko Uilyamsning uzatmasidan so‘ng Ferran Torres aniq zarba yo‘llab, bahsdagi yagona golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Ispaniya JCH-2026 g‘olibiga aylandi. Argentina esa amaldagi chempion sifatida bu safar kumush medallar bilan kifoyalandi.

JCH-2026. Final
Ispaniya - Argentina 1:0
Gol:
Ferran Torres 106
Chetlatish: Enso Fernandes 90+3 (Argentina).

Ispaniya: Unai Simon, Fabian Ruis (Pedri, 62), Dani Olmo (Mikel Merino, 75), Pedro Porro, Emerik Lyaport (Erik Garsiya, 99), Aleks Baena (Niko Uilyams, 75), Rodri (Martin Subimendi, 99), Lamin Yamal, Mikel Oyarzabal (Ferran Torres, 62), Pau Kubarsi, Mark Kukurelya.
Argentina: Emiliano Martines, Nikolas Talyafiko, Gonsalo Montyel (Nauel Molina, 58), Lisandro Martines (Nikolas Otamendi, 44), Rodrigo De Paul (Xuliano Simeone, 70), Xulian Alvares (Markos Senesi, 102), Lionel Messi, Kristian Romero (Fakundo Medina, 70), Niko Gonsales (Leandro Paredes, 46), Aleksis Mak Allister, Enso Fernandes.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

295+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar