JCh-2026 yakunlariga ko‘ra, Lionel Messi turnirda raqiblar tomonidan eng ko‘p qoida buzilgan futbolchi bo‘ldi.
39 yoshli Argentina milliy jamoasi sardoriga mundialdagi 8 ta bahs davomida raqib futbolchilari 20 marta nisbatan qoida buzgan.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli yettilik quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Lionel Messi (Argentina) — 20 ta;
- Jeremi Doku (Belgiya) — 18 ta;
- Jud Bellinghem (Angliya) — 17 ta;
- Dan Ndoye (Shveytsariya) — 16 ta;
- Nikolas Talyafiko (Argentina) — 16 ta;
- Ashraf Hakimi (Marokash) — 16 ta;
- Maykl Olise (Fransiya) — 16 ta.
Ma'lumot uchun, Messi JCh-2026da Argentina bilan finalgacha yetib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, mundialni kumush medallar bilan yakunladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi