«Bavariya» rahbariyati jamoa vingeri Maykl Oliseni saqlab qolmoqchi. Biroq myunxenliklar futbolchi uchun juda katta miqdordagi taklif tushsa, uning transferini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Germaniya grandi 24 yoshli fransiyalik futbolchi bilan uzoq muddatli rejalar tuzgan va uni jamoaning muhim a’zosi sifatida ko‘rmoqda. Shunga qaramay, munosib taklif kelib tushsa, klub muzokaralarga kirishishi mumkin.
Avvalroq Madridning «Real» klubi ham Olise xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Olisening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali 24 yoshli vingerning transfer qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.