Live
3
O'zbek

Jokovich Federerning tarixiy rekordini takrorladi

Tennis
7 noyabr, 03:45
Novak faoliyatida 21-marta mavsumni ATP reytingining eng kuchli 20 nafar tennischisi qatorida yakunladi.
Jokovich Federerning tarixiy rekordini takrorladi
Foto: Getty Images

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich faoliyatida 21-marta mavsumni ATP reytingining eng kuchli 20 nafar tennischisi qatorida yakunladi.

39 yoshli sportchi 2006 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan barcha mavsumlarda kuchli yigirmatalikdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda u jahon reytingida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Shu tariqa, Jokovich shveysariyalik afsonaviy tennischi Roger Federerning rekordini takrorladi. Federer ham 2001–2021 yillar oralig‘ida 21 marta mavsumni dunyoning eng kuchli 20 tennischisi safida yakunlagan.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 3-o‘rin ispaniyalik Rafael Nadalga tegishli. U 2005 yildan 2022 yilgacha ketma-ket 18 mavsum davomida ATP reytingining kuchli yigirmataligidan joy olgan.

Endilikda Jokovich kelgusi mavsumda ham ushbu natijani qayd etsa, Federning rekordini yangilashi mumkin.

Avvalroq germaniyalik Aleksandr Zverev faoliyatida ilk bor jahon reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilgani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar