Live
3
O'zbek

«MYU» bosh murabbiylikka nomzodlar bo‘yicha bir qarorga kela olmayapti

Futbol
7 noyabr, 04:00
Klub rahbariyati Eddi Xau, Yulian Nagelsmann va Fabian Hyurtseler nomzodlarini muhokama qilmoqda.
«MYU» bosh murabbiylikka nomzodlar bo‘yicha bir qarorga kela olmayapti
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Maykl Kerrikning o‘rniga kimni tayinlash masalasida hozircha bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Avvalroq «qizil iblislar» bosh murabbiyligi uchun «Nyukasl»ning sobiq ustozi Eddi Xau asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgani aytilgandi. Biroq klub rahbariyatining barcha vakillari uning tayinlanishini qo‘llab-quvvatlamayapti.

Yulian Nagelsmann va Fabian Hyurtseler nomzodlari borasida ham rahbariyat ichida turli fikrlar mavjud. Shu sababli «MYU» yangi murabbiy tanlashda hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan.

«Roma» ustidan Chempionlar ligasida qo‘lga kiritilgan g‘alaba esa Kerrikka nisbatan bosimni biroz kamaytirgan. Shu bois klub murabbiy almashish masalasida shoshilmayapti.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» APLning dastlabki to‘qqiz turidan so‘ng yetti ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «MYU» 8-noyabr kuni APL doirasida «Aston Villa»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar