«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi Lyuk Shou ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng klub bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
31 yoshli angliyalik futbolchining manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Klub rahbariyati himoyachi bilan hamkorlikni to‘xtatishga moyil va unga yangi shartnoma taklif qilish ehtimoli juda past baholanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Lyuk 2014-yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida futbolchi ko‘plab jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan.
Shunga qaramay, angliyalik himoyachi «qizil iblislar» safida barcha musobaqalar doirasida 330 ta uchrashuv o‘tkazishga ulgurgan. Shou bu bahslarda 5 ta gol urib, 31 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Avvalroq «Manchester Yunayted»ning 16 yoshli futbolchisi yaqin vaqt ichida «Real»ga o‘tishi kutilayotgani ma’lum qilingandi.