Rossiya Premyer-ligasining 14-turida «Rubin» Moskvada «Lokomotiv» bilan bellashdi. Unda qozonliklar minimal hisobda gʻalaba qozondi. Yagona gol 71-daqiqada Yegor Teslenko hisobiga yozildi.
Moskvadagi bellashuvda Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir Oʻrozov 90-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi.
Bu gʻalabadan soʻng «Rubin» 18 ochko bilan 6-oʻringa koʻtarildi. «Loko» esa 11 ochko jamgʻargan holda 15-pogʻonada.
RPL. 14-tur
Lokomotiv — Rubin 0:1
Gol: Yegor Teslenko 71.
Rubin – Staver, Lobov, Vuyachich, Arroyo, Teslenko, Samoshnikov, Babayev (Rojkov, 74), Xodja (Yochich, 63), Ivu, Saavedra, Salsedo (Jahongir Oʻrozov, 90).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi